Propiska tizimi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” kirib keladi – Ikromov
Jamiyat
−
17 fevral 2020
9095O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining parlamentga murojaatnomasida propiska tizimi isloh qilinishi kerakligi va bu ko‘pchilik oyog‘iga “tushov” bo‘layotgani haqida aytib o‘tgandi.
Davlat rahbarining ushbu tanqididan so‘ng, ko‘plab amaldorlar bu tizimni qoralab chiqdi. Propiska tizimi masalasida aniq to‘xtamga kelingani haqida bugungacha mutasaddi tashkilot – Ichki ishlar vazirligi jim edi.
Bugun Xalqaro press-klubda bo‘lgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikramov bu haqda to‘xtalib o‘tibdi.
“Propiska – eskidan qolib ketgan tizim. 2011 yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga "qayd etish" so‘z birikmasi ishlatiladi”, deya ma’lum qilgan mulozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan boshlab poytaxt Toshkent shahridan uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
LiveBarchasi