1 apreldan propiska bilan bog‘liq asosiy muammo yechilishi kutilmoqda

Jamiyat

image
Adliya vaziri propiska muammosi uzil-kesil hal bo‘lishini aytdi north_east

Adliya vaziri propiska muammosi uzil-kesil hal bo‘lishini aytdi

Qorboboga xat: Bizga propiska, monopollarga insof olib kel  north_east

Qorboboga xat: Bizga propiska, monopollarga insof olib kel

O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan boshlab poytaxt Toshkent shahridan uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. Loyiha kecha, 10 fevral kuni muhokamaga qo‘yildi. 

Farmon loyihasida quyidagi takliflarga rozilik berish nazarda tutilmoqda:

•    2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qilish;

•    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun undiriladigan davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish;

•    ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida tafovutni bartaraf etish va ichki migratsiyani erkinlashtirish nuqtai nazaridan, propiska tizimini isloh qilish nazarda tutiladi.

Ma’lum qilinishicha, propiska tartibi bilan bog‘liq to‘siqlarni izchillik bilan bekor qilish, propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirishning raqamlashtirilishini ta’minlash nazar tutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan murojaatnomasida quyidagicha topshiriq bergan edi: 

"Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi – ichki migratsiyani erkinlashtirishdan iborat.

Shu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim".


Maqola muallifi

Teglar

propiska

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing