Nima uchun o‘zbekistonlik talabalar Rossiyaga kiritilmaydi?
Jamiyat
−
23 mart 2021
6836Avvalroq, Rossiya Vazirlar Mahkamasi chet ellik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat beruvchi farmonni tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur xabar yuzasidan Rossiya Davlat Dumasining Ta’lim qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lyubov Duxanina qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra:
- chegaralar faqat Rospotrebnadzor tomonidan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat xavfsiz deb tan olingan davlatlar uchun ochiqdir;
- ushbu qoida talabalarga ham tegishli;
- biror davlatning xavfsiz deb tan olingan mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shilishida nafaqat kuniga kasallanganlar soni, balki mamlakatdagi koronavirusni oldini olish diagnostikasi va davolashning umumiy holati ham hisobga olinadi;
- O‘zbekiston va Tojikiston hali ushbu ro‘yxatga kiritilmagan;
- bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar AstraZeneca vaksinasini qo‘llashdan voz kechayotgan paytda Tojikiston COVAX dasturi asosida ushbu preparatni oldi. Respublikada esa boshqa vaksina yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham talabalarning o‘qishga qaytishi xususida axborot bergan edi. Unda O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyaga kirishga ruxsat berilmagani aytildi.
LiveBarchasi