Rossiya xorijlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

Olam

image

Rossiya Vazirlar Mahkamasi chet ellik talabalarning Rossiyaga kirishiga ruxsat beruvchi farmonni tasdiqladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

Joriy yilning 16 martida imzolangan hujjat mamlakatga barcha talabalarni emas, balki faqat epidemiologik jihatdan holat normal bo‘lgan mamlakatlarning fuqarolarini kelishiga imkon beradi. Bunday davlatlar Ta’lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Rossiya Federatsiyasiga yangi koronavirus infeksiyasining olib kirilishi hamda tarqalishining oldini olish bo‘yicha Tezkor shtab tomonidan tasdiqlangan algoritm bo‘yicha hisoblab chiqiladi. 

“Qaror quyi palatada o‘z kuchida qoldirildi. Endi chet ellik talabalarning yarmidan ozrog‘i shaxsan Rossiyaga kelib o‘qiydi, bu esa ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi, deydi “Izvestiya”ga Davlat Dumasining Ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Oleg Smolin.

Hukumat chet ellik talabalarning Rossiyadagi kunduzgi o‘qishlariga qaytishiga imkon beruvchi 639-son buyrug‘ini tasdiqladi. Buning uchun Ta’lim va fan vazirligi chet eldan talabalarni qabul qilish tartibini ishlab chiqdi. Avvalroq, Rospotrebnadzor boshqa mamlakatlarning talabalari uchun PwR testi mavjud bo‘lganda darslarga kirish tartibini soddalashtirgan, ammo kirish uchun hali ham rasmiy ruxsat yo‘q edi.

Ta’lim va fan vazirligining tushuntirishicha, Rospotrebnadzor tomonidan muntazam ravishda yangilanib turiladigan chet ellik talabalarning Rossiya Federatsiyasiga kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati universitetlar tomonidan talabalarga yetkaziladi. Shu jumladan, talabalar universitet veb-saytlaridagi shaxsiy akkauntlari orqali, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalar orqali yangiliklardan xabardor bo‘lishi mumkin.

Auditoriyaga qaytish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi, deyiladi vazirlikning xabarida. Chet ellik talabalar rejalashtirilgan kelish kunidan kamida 10 kun oldin elektron pochta orqali universitetdagi kuratorga kirish sanasi va chegara punktidagi vaziyat to‘g‘risida xabar berishlari shart. Kirish uchun barcha talabalar elektron pochta orqali universitet vakilidan ruxsat yoki tasdiqni olishlari hamda PSR testini olishlari kerak.

Rossiyaga kelishdan uch kun oldin test natijalarini topshirish shart. Rus yoki ingliz tillarida salbiy natijani tasdiqlovchi guvohnoma Rossiya Federatsiyasida chegara nazorati paytida, shuningdek, universitet yotoqxonasida taqdim etilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing