Nikolay Valuyev: “Konor sharmandali mag‘lubiyatlarga jimgina ko‘z yumadiganlardan emas!”

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev UFC 264 turnirida Dastin Pore bilan jangda  jarohat olgan Konor Makgregorning UFC’dagi o‘rni haqida gapirdi

“Oktagonga qaytish Konor uchun juda foydali bo‘ladi.  U puldan voz kechishi ehtimoldan yiroq. Tahminimcha, Pore bilan tezkor revansh tashkil etiladi. Chunki bu ularga bog‘liq.

Makgregor har doim katta pul ishlab topadi, u eng zo‘rlaridan biri. Shunday qilib, “olmos” bilan to‘rtinchi jang ham odamlarda qiziqish uyg‘otadi. Konor  bahsni tresh-tok evaziga yana bir bor qizdiradi va natijadan qat’i nazar, millionlar ishlab topadi.

Uning xatti-harakatlari hurmat chegarasidan tashqarida, lekin Habib bilan jangning katta summali bo‘lishi aynan Konor sababli. U uzini juda yomon ko‘rsatgani bilan, raqibi uchun ham ulush tashlab ketadi.

Albatta Dastin bilan 4-bahs bo‘lishi juda qiyin, biroq “Notorius” pullar uchun yana ortga qaytishi mumkin. Bundan tashqari, irlandiyalik sharmandali mag‘lubiyatlarga jimgina ko‘z yumadiganlardan emas. Shuning uchun ham, uning qaytishiga shubham yo‘q”, deydi Valuyev.

Ma’lumot o‘rnida, rossiyalik bokschi Nikolay Valuyev og‘ir vazn toifasida WVA chempionlik kamari uchun o‘tkazilgan jangda o‘zbek bokschisi Ruslan Chagayevga imkoniyatni boy bergan. Shtutgart shahridagi “Porsche arena”da Chagayev rus bokschisini faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bilan “siylagan”.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Nikolay Valuev Prof boks Ruslan Chagaev

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing