“Niqobingizni yeching”. Lukashenko tibbiy niqob taqib yurgan fuqarolarni tanqid qildi

Olam

image

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, koronavirus pandemiyasi tufayli, hatto dalada ham himoya niqoblarini kiygan belaruslarni tanqid qildi. Davlat rahbarining fikricha, ular allaqachon "haddan oshib ketgan".

Ta’kidlanishicha, Lukashenko bugun, 13 aprel kuni Prezident ma’muriyati rahbari Igor Sergeyenko, Parlament yuqori palatasi raisi Natalya Kochanova va Sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanikni qabul qildi. Xususan, davlat rahbari odamlarni pandemiya fonida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishda mutanosib yondashishga chaqirdi.

"Kecha Minsk viloyatini o‘z boshqaruvimdagi mashinada kezdim. Odamlar dalalarda sayr qilmoqda. Havo yaxshi, shabada esmoqda. Bir kishi niqob taqib olibdi. Bu qanaqasi? Niqobni yeching, toza havoda nafas oling. Xo‘sh, agar siz ko‘p odamlar yashaydigan shaharda bo‘lsangiz, niqobni doimiy kiyib yurishingizga qarshilik yo‘q. Ammo nega ochiq maydonlarda niqob taqib yurishibdi? Bizni odamlar haddan tashqari oshirib yubordi. Ochiq maydonda niqob nimadan himoya qiladi?" deydi Lukashenko.

Shuningdek, u ma’muriyat rahbariga Belarusda himoya vositalarini ishlab chiqaradigan va ular bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi. Lukashenko endi xohlagan joyiga borib niqobni qancha muddatda taqishayotganini so‘rashini ham ma’lum qildi.

"Bugungi kunda bizga turli davlatlar har narsa taklif qilmoqda. O‘zimizni pulni tejash uchun nima qila olamiz. Tashqaridan tibbiy uskuna va mahsulotlar olib kelish juda qimmatga tushadi. Men himoya vositalarini nazarda tutmoqdaman: niqob, respirator va boshqalar", deydi Belarus rahbari. 

Ma’lum qilinishicha, Belarus dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan koronavirusga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lmoqda. Mamlakatda keskin choralar ko‘rish kechiktirilmoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib ushbu davlatda koronavirus bilan kasallanganlar keskin tarzda ko‘paymoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili ham endi Belarus keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lib turishi haqida ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Tibbiy niqob Koronavirus Belorusda

Baholaganlar

809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing