Niqob bo‘lsa-yu, qo‘lqop bo‘lmasa... – Moskvada karantin sabab yangi jarimalar belgilandi

Olam

image

Moskva hukumati 12 maydan boshlab joriy etilgan niqob va qo‘lqop rejimi qoidalariga aniqlik kiritdi. Unga muvofiq, fuqarolar jamoat joyida himoya vositalarining faqat bittasidan foydalansa, jarimaga tortiladi.

“Agar niqob taqqan odam qo‘lqopsiz yoki aksincha bo‘lsa, unga nisbatan jazo qo‘llaniladi. Virus aloqa orqali yuqishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun bu niqob va qo‘lqoplardan majburiy foydalanish normalari sanitariya talablari va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bilan belgilangan”, deya ma’lum qildi poytaxt Bosh nazorat boshqarmasi boshlig‘i Yevgeniy Danchikov.

Ma’lumot o‘rnida, agar Moskvada himoya vositalarisiz jamoat transportlari va taksilarda yurilsa, 5000 rubl, agar do‘kon va ish joyida shu holat bo‘lsa, 4000 rubl jarima belgilangan. Qoidabuzarga nisbatan dalolatnoma tuziladi, shundan so‘ng u ko‘rib chiqish va jarima solish uchun vakolatli organga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini 31 mayga qadar uzaytirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 187 859 nafarga yetdi. 1723 nafar bemor infeksiya sabab olamdan o‘tgan bo‘lsa, 26 608 kishi sog‘ayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing