Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi muddatga O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi
Sport
−
16 avgust
3721O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi muddatga O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sport vazirligida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etilgan. Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi besh yillik muddatga mamlakat Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylangan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, hududiy kurash federatsiyalarining mutasaddilari, tegishli mutaxassislar, delegatlar ishtirok etgan konferensiyada o‘tgan yillar davomida mamlakatda kurashni rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi rivojini qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyun kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 5 yilga Bosh prokurorlik lavozimiga qayta tayinlangandi.
LiveBarchasi