Nigeriyaning 3 oylik Prezidenti vafot etdi
Olam
−
11 yanvar 2022
9436Nigeriyaning sobiq rahbari Ernest Shonekan bugun, 11 yanvar kuni Lagosda vafot etdi. Bu haqda Nigeriyaning “Premium Times” gazetasi xabar berdi.
Nigeriyaning amaldagi Prezidenti Muhammadu Buxoriy allaqachon 85 yoshli Shonekanning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, uni “tinchlikparvar” deb atagan.
Ma’lumot o‘rnida, Shonekan Nigeriyada 1993 yil 26 avgustdan 17 noyabrgacha ommaviy tartibsizliklar natijasida Prezident general Ibrohim Babangida rejimini almashtirgan Muvaqqat milliy hukumat rahbari sifatida eng yuqori davlat lavozimini egallagan. So‘ng oradan uch oydan kamroq vaqt o‘tgach, Shonekan general Sani Abacha boshchiligidagi harbiy to‘ntarish natijasida o‘z lavozimidan chetlashtirilgan.
LiveBarchasi