Nigeriyalik ayol noyob egizaklarni dunyoga keltirdi
Olam
−
20 may 2020
2388331 yoshli Nigeriya fuqarosi, tana rangi ikki xil bo‘lgan egizak farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Boring Panda“ nashri xabar berdi.
Aka-uka Daniyel va Devid bir necha daqiqa farq bilan tug‘ilganlar. Ammo ular bir-biriga o‘xshash emas. Bolalarning ota-onasi – Steysi va Babajid qora tanli odamlar. Ammo chaqaloqlardan biri albinos kasalligi bilan tug‘ilgani sababli ikkinchisidan keskin farq qiladi. Daniyel xuddi besh yoshli katta opasi Demilada o‘xshab qora rangli teri va qora jingalak sochlarga ega. Devidning esa oq rangga bo‘yalgan terisi va oltin jingalak sochlari bor.
Ayol tabiatda bunday noodatiy hodisani odamlar bilan bo‘lishishga qaror qildi. Shundan so‘ng, u 18 ming kishi obuna bo‘lgan Instagram akkauntini ochdi.
“Homiladorligim davrida ularning farqlari haqida bilmas edik. Shu sababli, Daniyel qora sochli va Devid oltin sochli tug‘ilganda meni ajablantirdi. Shifokorlar menga: “Ular mutlaqo har xil egizaklar“, deb aytishdi“, deydi uch farzandning onasi Steysi.
Ma’lumot uchun, albinizm — bu irsiy kasallik bo‘lib, melanin ya’ni teri, soch va ko‘zlar rangiga javobgar pigment yetishmasligi sababli kelib chiqadi. U barcha etnik va irqiy guruhlarda uchraydi va pigmentatsiya darajasi uning turiga qarab farq qilishi mumkin. Albinizm bilan tug‘ilish ehtimoli odatda 20000 dan 1 ga teng. Bu kasallik turli xil teri va vizual asoratlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Nigeriyadagi albinoslar soni dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda ikki milliondan ortiq albinos yashaydi. Boshqa achinarli statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 600 000 dan ortiq nigeriyalik albinoslar o‘zlarining oilalari, sinfdoshlari va tengdoshlari tomonidan kamsitish va tahqirlashlarga duch kelishmoqda.
Biroq, Steysi hech qachon bolalar haqida hech qanday salbiy sharhlar olmaganligini va ularni teng darajada yaxshi ko‘rishini aytib o‘tdi.
LiveBarchasi