Fransiyada 30 yil ichida birinchi marta olti egizak tug‘ildi

Olam

image

30 yil ichida birinchi marta Fransiyada olti egizak tug‘ildi. Ularning besh nafari qiz va bir o‘g‘il. Egizaklar Strasburgdagi shifoxonada dunyoga keldi.

Chaqaloqlarning og‘irligi 630 dan 730 grammgacha ekanligi ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, ushbu oilaning yana ikki katta nafar farzandi bor.

Kichkintoylarning tug‘ilishiga yordam berish uchun 30 nafar mutaxassisdan iborat guruh jalb qilindi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiyaga yotqizildi. Shifokorlarning ta’kidlashicha ular bir necha oy shifoxonada yotishlari kerak.

Olti egizakning tug‘ilishi dunyoda kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib, uning ehtimoli o‘rtacha 4,7 milliarddan 1 ga to‘g‘ri keladi. So‘nggi bor Fransiyada bunday holat bundan 30 yil oldin, 1989 yilda Parij shifoxonasida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Egizak

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing