Qaysi mamlakat futbolçilari “Oltin töp”ni eng köp qölga kiritgan?
Sport
−
13:32 776 2 daqiqa
Argentina va Fransiya futbolçilari “Oltin töp” sovrinini eng köp qölga kiritgan mamlakatlar hisoblanadi. Har ikki mamlakat vakillari jami sakkiz marta uşbu mukofotga sazovor bölgan.
Argentinalik futbolçilarning barça sovrinlari Lionel Messi hisobiga töğri keladi. Fransiya esa olti nafar futbolçi orqali sakkizta mukofotni qölga kiritgan.
2026 yilgi natijalarni ham hisobga olganda, Germaniya, Niderlandiya va Portugaliya yettitadan sovrin bilan keyingi örinlarni egallaydi. Angliya futbolçilari hisobida esa oltita “Oltin töp” bor.
Mamlakatlar reytingi:
- Argentina – 8 ta;
- Fransiya – 8 ta;
- Germaniya – 7 ta;
- Niderlandiya – 7 ta;
- Portugaliya – 7 ta;
- Angliya – 6 ta;
- Braziliya – 5 ta;
- Italiya – 5 ta;
- Ispaniya – 4 ta;
- Ukraina – 3 ta;
- Çexiya – 2 ta.
Şuningdek, Bolgariya, Xorvatiya, Daniya, Vengriya, Liberiya, Şimoliy Irlandiya, sobiq SSSR va Şotlandiya vakillari ham bir martadan uşbu sovrinni qölga kiritgan.
Ma’lumot uçun, “Oltin töp” mukofoti 1956 yildan beri topşirib kelinadi. 1995 yilgaça unga faqat Yevropa klublarida öynaydigan yevropalik futbolçilar da’vogarlik qilişi mumkin edi. Keyinçalik Yevropa klublarida töp suradigan barça millat vakillariga ham imkoniyat berildi. 2007 yildan esa dunyoning istalgan klubida öynaydigan futbolçilar uşbu mukofot uçun kuraşiş huquqiga ega böldi.
2026 yilgi taqdirlaş marosimi Londonda bölib ötdi. Bu “Oltin töp” tarixida marosim Parijdan taşqarida taşkil etilgan ilk holat böldi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr