Nigeriyada jangarilar BMT bazasini yoqib yubordi
Olam
−
02 mart 2021 3460 1 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni Nigeriyada ISHIDga aloqador terrorchilik guruhlari mamlakat shimoli-sharqidagi BMT bazasini yoqib yubordi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, jangarilar Borno shtatidagi Dikva shahrida joylashgan bazaga hujum qilib, uni yoqib yuborgan.
BMTning 25 nafar xodimi bunkerga yashiringan. Hozirda terrorchilar o‘sha bunkerga kirishga urinyapti.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum “Islom davlatining G‘arbiy Afrika viloyati” (sobiq “Boko Haram”) terrorchilik tashkiloti uyushtirgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilyapti.
Hozirda hjumni qaytarish uchun hodisa joyidan 40 km uzoqlikdagi Marte shahridan harbiy kuchlar kelishi kutilyapti.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025