Nigeriyada terakt oqibatida kamida 18 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
30 iyun
4211Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Borno shtatida sodir bo‘lgan bomba portlashi ortidan kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 30 kishi yaralangan. Bu haqda “ABP Live” xabar berdi.
Hodisa kecha, 29 iyun kuni mahalliy to‘y marosimi sodir etilgan. Gumon qilinganlardan biri olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana bir kishi yaralandi. Shtat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush terrorchilar Govza shahridagi to‘y va dafn marosimi hamda shifoxonaga kirib, olomon orasida o‘zlarini portlatib yuborgan.
Borno shtati davlat favqulodda vaziyatlar agentligi bosh direktori Barkindo Muhammad Saidu Gvoza shahridagi portlash joyiga tashrif buyurgan. U qurbonlar shaxsini tezda aniqlashni buyurgan va halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. Qurbonlar orasida bolalar, katta yoshlilar hamda homiladorlar bor. Ular qorin bo‘shlig‘ining yorilishi, bosh suyagining sinishi va oyoq-qo‘llarining ezilishidan vafot etgan.
Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmagan. Rasmiylar hodisada shtatdagi eng yirik diniy-ektremistik guruhlar —“Boko Haram” va “G‘arbiy Afrika Islomiy Davlati” (ISWAP) singari tashkilotlarni ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘lgani, jangarilar bir vaqtning o‘zida Maxachqal’a va Darbandga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi