Nigeriyada tekin sovg‘a olmoqchi bo‘lgan 13 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
22 dekabr
4335Nigeriyada har yili o‘tkaziladigan Rojdestvo tadbirlarida oziq-ovqat va kiyim-kechaklar olish uchun to‘plangan olomondan 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. https://www.aljazeera.com/news/2024/12/21/at-least-13-people-killed-in-nigeria-stampedes-at-charity-events
Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 21 dekabr kuni Nigeriya poytaxti Abuja shahrida cherkov tomonidan tarqatilgan xayriya sovg‘alarini yig‘ish vaqtida sodir bo‘lgan. Unda odamlar sovg‘a olishga shoshilgan. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan va ko‘plab odamlar yaralangan. Qayd etilishicha, vafot etganlar orasida 4 bola ham bor.
“Mahalliy vaqt bilan tonggi soat 6:30 atrofida sodir bo‘lgan ushbu baxtsiz hodisa tiqilinchga olib keldi, oqibatda 10 kishi, shu jumladan to‘rt bola halok bo‘ldi va yana sakkiz kishi turli darajadagi jarohatlar oldi”, degan politsiya vakili Jozefina Adeh.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, undan tashqari Nigeriya janubidagi Anambra shtatidagi Okija shahrida xayriyachi tomonidan uyushtirilgan xayriya tadbirida yuz bergan tiqilinchda ham uch kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ikkala hodisada ham qurbonlar asosan ayollar va bolalar bo‘lib, olomon taklif etilgan sovg‘aga yetib olishga urinayotganda oyoq osti qilingan.
Prezident matbuot kotibi o‘z bayonotida, mamlakat rahbari Bola Tinubu kecha, 21 dekabr kuni Lagosdagi barcha rasmiy tadbirlarni “to‘qnashuv qurbonlari xotirasiga” bekor qilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 oktyabr kuni Nigeriyaning shimolida yonilg‘i tashuvchi avtomobil halokatga uchrab, portlab ketgandi. Oqibatda kamida 94 kishi halok bo‘lgandi. Yuk mashinasi halokatidan so‘ng odamlar undan to‘kilgan yonilg‘ini olish uchun to‘plangan paytda portlash sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi