Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi
Olam
−
13 iyul
4866Kecha, 12 iyul kuni Nigeriyada Busa Buji jamoasiga tegishli, Saint akademiyasi qaramog‘idagi ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi. Vayronalar ostida esa bino ichida bo‘lgan jami 154 kishi qolib ketgan. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi.
Halokat Plato shtatida ro‘y bergan. Eski va yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab binosi devorlari darz ketib yorilishi oqibatida qulab tushgan. Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat qilgani hamda ta’mirlanmagani sabab bo‘lgan.
Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ko‘ra, 30 kishi o‘ta og‘ir jarohat bilan shifoxonada yotqizilgan. Mamlakat Milliy favqulodda vaziyatlar agentligi halokat joyida qutqaruv ishlari yakunlangani va vayronalar tozalanayotganini bildirgan.
Halokatdan so‘ng, shtat rahbariyati voqea yuz bergan Jos tumanidagi boshqa ta’lim muassasalari holatini ham tekshiruvdan o‘tkazgan. Shtat rasmiylari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qolgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi