Nigeriyada qaroqchilar 10 kishini o‘ldirib ketdi
Olam
−
06 noyabr 2021
3708Nigeriya shimolidagi ikki qishloqda qaroqchilar kamida 10 kishini o‘ldirib ketdi. Bu haqda Kaduna shtati mahalliy hokimiyatiga tayanib xabar berilgan.
Qaroqchilar Yagbak va Ungvan-Ruxugo qishloqlariga hujum qilgan. 10 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, ko‘plab uylar talangan.
O‘z navbatida Nigeriyaning “The Nation” gazetasi Kaduna shtati Xavfsizlik va ichki ishlar vaziri Samuel Aruvanning “o‘lganlar va yaradorlar haqidagi” bayonotidan iqtibos keltirgan, biroq ularning aniq soni aytilmagan. Aruvan, shuningdek ko‘plab uylar yonib ketganini qayd etgan.
Nigeriyada uchinchi yildirki, tinch aholiga to‘da hujumlari sezilarli darajada oshgan. Jinoyatchilar odamlarni o‘ldiradi, to‘lov uchun garovga oladi, chorva mollarini o‘g‘irlaydi, aholini qo‘rqitadi, turli xil tovlamachilik qiladi. Qaroqchilar, shuningdek aholisi hukumat bilan hamkorlik qiladigan qishloq va shaharchalarga ham hujum qiladi. Hukumat keng tarqalgan jinoyatga qarshi kurashish uchun maxsus politsiya va armiya bo‘linmalaridan foydalanishga majbur. Mahalliy militsiya bo‘linmalari ham yaratilmoqda.