Nigeriyada 22 kishi bezgakdan halok bo‘ldi
Olam
−
28 fevral 2021
2838Nigeriyada Lassa bezgagi sabab joriy yil yanvar oyi boshidan beri 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Nigeriya kasalliklar nazorati markazi ma’lumotiga ko‘ra, Edo, Ondo, Eboni, Nasarava, Enugu, Taraba va Bauchi shtatlarida 102 ta holatda kasallik aniqlangan.
Lassa bezgagi ilk bor 1969 yilda Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Borno shtatida aniqlangan. Ushbu kasallik sabab o‘tgan yili mamlakat hukumat favqulodda holat e’lon qilgan.
Lassa bezgagi kalamush va sichqonlarning najasi bilan aloqa qilish orqali yuqadi.
Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga yuqish xususiyatiga ega va o‘limga olib kelishi mumkin. Mamlakat rasmiylari ehtiyot choralarini ko‘rishga, gigiyena me’yorlariga rioya qilishga va kemiruvchilar bilan aloqa qilmaslikka chaqiryapti.