Nigeriyada 200 dan ortiq odam qurolli hujumlar qurboni bo‘ldi
Olam
−
07 iyun 2021
4559Nigeriyada o‘tgan haftada qurolli hujumlar natijasida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 31 mayidan 6 iyunigacha Nigeriyaning turli shaharlariga uyushtirilgan qurolli hujumlar natijasida 201 kishi halok bo‘lgan. Yana 137 kishi jarohatlangan.
Bosh tomondan, o‘tgan hafta Nigeriya xavfsizlik kuchlarining antiterror operatsiyasi davomida “Boko Haram” terrorchilik tashkilotining 50 jangarisi yo‘q qilingan, boshqa qurolli to‘dalarning 81 a’zosi hibsga olingan.
“Boko Haram” 2000-yillar boshidan beri faoliyat olib boradi. 2009 yilda terrorchilik tashkiloti Nigeriyada 20 mingdan ortiq odamni o‘ldirgan. 2015 yildan “Boko Haram” qo‘shni Kamerun, Chad va Nigerga hujumlar uyushtirib keladi.
LiveBarchasi