Nigerga harbiy aralashuv Afrikani beqarorlashtiradi – Erdo‘g‘an
Olam
−
21 avgust 2023
4661G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatining (ECOWAS) Nigerga harbiy aralashuvi qit’aning ko‘plab davlatlarida beqarorlikka olib keladi, bu qabul qilinishi mumkin emas. Bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an Budapeshtdan qaytgach, prezidentlik pulidagi jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Nigerga harbiy aralashuv haqidagi qaror qabul qilinishi mumkin emas. Bu Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida beqarorlikka olib keladi. Umid qilamanki, Nigerda tinchlik va barqarorlik tezroq o‘rnatiladi", degan Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Nigerdagi mojaroni hal qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin, bu maqsadda TIV orqali muzokaralar olib borilmoqda.
Erdo‘g‘an Nigerda yaqin kelajakda demokratik saylovlar o‘tkazilishi tarafdori ekanini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 avgust kuni ECOWAS Tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha komissari Abdel Fatau Musah Gana poytaxtida hamjamiyat davlatlari qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlarining yig‘ilishidan so‘ng, harbiy aralashuv boshlanishining aniq sanasi belgilnganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Nigerdagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlaydigan Mali va Burkina-Faso Niameyga harbiy samolyotlar yubordi. Kecha, 20 avgust kuni esa poytaxt Niameyda harbiy xunta tarafdorlari miting o‘tkazdi.
LiveBarchasi