Nigerda jangarilar qishloqda qirg‘in uyushtirdi
Olam
−
04 yanvar 2021
10597Joriy yilning 2 yanvar kuni Niger g‘arbiy qismidagi ikki qishloqda jangarilar hujumi natijasida 100 nafar tinch aholi halok bo‘ldi va 75 kishi jarohatlandi. Bu haqda "France Press" xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, hujum Mali bilan chegara yaqinidagi qishloqqa uyushtirilgan.
“Choma Banguda (qishloq — tahr.) 70 kishi va Zarumadareyda 30 kishi vafot etdi. 75 kishi jarohatlangan”, deya ma’lum qildi kommuna rahbari Tondikivindi Almu Xassan.
Hujum Prezident saylovlari birinchi bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilingan kuni sodir bo‘ldi. Unga ko‘ra, jami 30 nomzod orasidan sobiq Tashqi ishlar vaziri yetakchilik qilgan. Saylovning ikkinchi turi fevral oyida o‘tkazilishi kerak.
Ushbu terroristik hujum “Boko xaram” guruhi tomonidan uyushtirilgani va bu mamlakat tarixida eng katta ommaviy qirg‘in ekanligi aytilmoqda.
LiveBarchasi