Nigerda namoyishchilar Fransiya elchixonasiga hujum qilmoqchi

Olam

image

Fransiyaning Nigerdagi elchixonasi oldidagi ommaviy miting ishtirokchilari, agar Fransiya elchisi yaqin bir necha soat ichida mamlakatni tark etmasa, diplomatik missiya binosiga bostirib kirishi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi

Niameydagi namoyishchilar binoni qo‘riqlayotgan Niger harbiylari va politsiyasi ko‘z oldida elchixona atrofidagi temir istehkomlarni buzib tashlashgan.
Qayd etilishicha, namoyishchilar soni avvalgi kunlarga qaraganda ancha ko‘p, ular baland ovozda Fransiyaga qarshi shiorlar aytmoqda.

Gap shundaki, kecha, 1 sentyabr kuni isyonchilar tomonidan tuzilgan Niger Ichki ishlar vazirligi Fransiyaning Niameydagi elchisi Silven Ittedan Afrika mamlakati hududini tark etishni yana talab qilgan. Diplomatga 48 soat vaqt berilgan. Vazirlikning da’vosicha, Fransiya elchisi va uning rafiqasi Nigerda noqonuniy holatda bo‘lib turibdi.

Qayd etish joizki, isyonchilar 25 avgust kuni ham Fransiya elchisidan mamlakatni tark etishni talab qilgan, biroq diplomat yangi hokimiyat vakillari bilan uchrashishdan bosh tortgan holda Tashqi ishlar vazirligi chaqiruviga javob bermagan.

O‘z navbatida, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi isyonchilar elchi Ittega hech qanday talab qo‘yish huquqiga ega emasligini aytgan, chunki kelishuv (elchini qabul qilishga rozilik) "Nigerning faqat qonuniy organlari" tomonidan beriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nigerda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiylar tomonidan tuzilgan “Vatan mudofaasi bo‘yicha milliy kengash” 3 sentyabrgacha Fransiya qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qilgandi. Ayrimlar 1,5 mingga yaqin fransuz harbiy xizmatchilari joylashgan bazaga elektr va suv ta’minotini, shuningdek, oziq-ovqat ta’minotini to‘xtatishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Niger namoyishchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made