Niderlandiyada jamoa bilan chempionlikni nishonlagan hakam umrbod futboldan chetlatildi (video)
Sport
−
18 may
7364Niderlandiyalik hakam Ian Smit Sent-Jorjda mahalliy futbol klubi bilan chempionlikni nishonlagani uchun umrbod futboldan chetlatildi. Bu haqda “Voetbal International” xabar berdi.
Gap shundaki, 12 may kuni bo‘lib o‘tgan “Sent-Jorj” va “De Valken” o‘rtasidagi to‘rtinchi divizion o‘yini muhim ahamiyatga ega edi, chunki mezbonlarga chempion bo‘lish uchun durang kerak edi. Uchrashuv hakami Ian Smit bahs davomida “De Valken”ning to‘rt nafar futbolchisini maydondan chetlatib, bahsning asosiy vaqtiga 15 daqiqa qo‘shib berdi, bu daqiqalarda esa “Sent-Jorj” hisobni tenglashtirdi va 2:2 hisobidagi durang bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, o‘yindan ko‘p o‘tmay, “Sent-Jorj” futbolchilari ligadagi g‘alabasini tantana qildi va futbolchilarga qo‘shilib uchrashuvni boshqargan Smitning o‘zi ham chempionlikni nishonladi.
Mazkur holat yuzasidan “De Valken” klubi Niderlandiya futbol federatsiyasiga murojaat qildi, federatsiya esa hakamni umrbod futboldan chetlatdi. Smitning o‘zi bunday ishni boshqa jamoalar bilan ham bir necha marta qilganini aytib, uzr so‘rash yoki apellyatsiya berish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi