Nihoyat! Ukraina portidagi g‘alla qachon va qayerga eksport qilinishi ochiqlandi

Olam

image

Ertaga, 29 iyul kuni Ukrainda bug‘doyi ortilgan birinchi kema Odessadan Somaliga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits bugun, 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Avvaliga g‘allaga e’tibor qaratgandik, so‘nggi kunlarda muzokaralarga o‘g‘itlarni ham kiritdik”, deydi u. 

Unga ko‘ra, Ukraina doni ortilgan birinchi kema ertaga, 29 iyul kuni jo‘nab ketishi mumkin.  

“Biz [Ukraina doni bo‘lgan] birinchi kema yaqin kunlarda jo‘nab ketishiga umid qilamiz va rejalashtiryapmiz. Umid qilamanki, bu ertaga sodir bo‘ladi”, deydi u.

Bosh kotib o‘rinbosarining qayd etishicha, Odessa portida BMT va turk kuzatuvchilari ishtirok etadi. 

“Ukraina portlariga ketayotgan kemalar uchun tekshiruvlar Turkiya portidan o‘tkaziladi. Bu orqali kemalarda kontrabanda va qurol-yarog‘ yo‘qligiga ishonch hosil qilish ossonroq. Portda BMT va Turkiyadan kuzatuvchilarimiz bo‘ladi. Odessadan g‘alla jo‘natilayotganiga hamda kemalar ketayotganiga ishonch hosil qilish uchun”, deydi u.

Martin Griffitsga ko‘ra, Odessadan yo‘lga chiqqan, Ukraina doni ortilgan birinchi kema Somaliga yo‘l olishi mumkin. 

“Birinchi yuk kemasi qayerga ketishi mumkinligi haqida so‘ralganda, aniq javob bor. Bu Somali, hozir ocharchilik avj olgan Afrika davlati. Somaliga yetib borish vaqti olti hafta davom etishi mumkin”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashining joriy yilning 22 iyul kuni Istanbulda imzolangan don kelishuvini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan bayonoti Rossiyaning qarshiligi tufayli qabul qilinmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi diplomatlariga ko‘ra, Rossiya bayonot loyihasida BMT Bosh kotibining 23 iyul kuni Odessa savdo portiga uyushtirilgan raketa hujumini qoralab chiqqan munosabatiga havola ko‘rsatilgani sabab uni tasdiqlashdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Odessa Ukraina g'allasi

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing