Nihoyat rasman: Zelenskiy Ukrainaning qarshi hujumga o‘tganini e’lon qildi
Olam
−
10 iyun 2023
13883Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy hozirda Ukrainada bo‘lib turgan Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvda bu haqda aytgan.
"Ukrainada tegishli qarshi hujum va mudofaa harakatlari bo‘lib o‘tmoqda. Biroq qaysi bosqichdaligi haqidagi tafsilotlarga to‘xtalmayman. O‘ylaymanki, biz buni albatta his qilamiz”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida Ukraina Prezidenti devoni rahbari Mixail Podolyak mamlakatning uzoq kutilgan qarshi hujumi boshlanganini aytgandi. Biroq u bilan deyarli bir paytda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksey Danilov BBC nashriga bergan intervyusida mamlakat qarshi hujumga tayyorligini aytgan. Kecha, 9 iyun kuni esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga borganida jurnalistlar savoliga javob berayotib Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini aytgandi.
LiveBarchasi