Ukraina qarshi hujum boshladi – Podolyak
Olam
−
25 may 2023
14739Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat Qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u Italiyaning “Rai” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Bir necha kundan beri qarshi hujum davom etmoqda, chegaraning 1500 kilometrida shiddatli urush ketmoqda, ammo harakatlar allaqachon boshlangan”, deydi u.
Podolyakning ta’kidlashicha, Ukraina harbiylari Rossiya hududiga G‘arb qurollari bilan zarba bermaydi, ular faqat bosib olingan hududlarni deokkupatsiya qilish uchun ishlatiladi.
“Biz Rossiya hududiga zarba berishni istamaymiz, biz siz bergan qurollardan Moskva tomonidan bosib olingan hududlarda, jumladan, Donbass va Qrimda Rossiya Federatsiyasining pozitsiyalarini yo‘q qilish uchun foydalanamiz”, deb tushuntirgan Podolyak.
Prezident devoni rahbari maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukrainada uzoq masofali Storm Shadow raketalari, Leopard tanklari va raketaga qarshi tizimlar mavjud bo‘lib, bularni Fransiya va Italiya taqdim etgan.
"F-16 samolyotlari nihoyat bizga havo hududini yopishga imkon beradi. Bu paradoks: agar ular bizda bir yil oldin bo‘lganida edi, urush allaqachon tugagan bo‘lardi", deya qo‘shimcha qilgan u.
Prezident devoni boshlig‘i maslahatchisining ta’kidlashicha, qarshi hujum bir kunning ma’lum bir soatida qizil lentani tantanali ravishda kesish bilan boshlanadigan qandaydir bir hodisa emas.
LiveBarchasi