Neymar NASA texnologiyasi yordamida davolanadi
Sport
−
28 noyabr 2022
3852Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar AQSH Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi (NASA) kosmik texnologiyalari asosida olimlar va shifokorlar tomonidan yaratilgan qurilma yordamida to‘pig‘idan olgan jarohatini davolattiradi. Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi.
Neymar Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Serbiya termasiga qarshi o‘yinda (2:0) to‘pig‘idan jarohat olgandi, jarohat tufayli hujumchi jamoaning guruhdagi qolgan uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, tezroq tiklanish uchun braziliyalik NASA kosmik texnologiyalari asosida yaratilgan qurilmadan foydalanadi. Qurilma qon aylanishini faollashtirishni ta’minlaydi, yumshoq to‘qimalarni davolashga yordam beradi, shishni qaytaradi va og‘riqni kamaytiradi.
Braziliyaliklar 3 ochko bilan "G" guruhida 1-o‘rinda bormoqda. Bugun, 28 noyabr kuni Braziliya terma jamoasi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da guruh bosqichining 2-turida Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.