Nexia’ning gaz balloni portlashida vafot etganlar aka-uka bo‘lgan — IIB

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgani va 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Qashqadaryo viloyati IIB holat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Chiroqchi tuman IIO FMBga bugun, 22 may kuni soat 06:48 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 06:36 larda Chiroqchi tuman “Navoiy” MFY Terakzor ko‘chasidan o‘tgan yo‘lda Chiroqchi tumani “Qumdaryo” MFY Oqtunli qishlog‘ida yashagan B.J. otasi E.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-1 xaydovchisi B.J. va avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ukasi X.J.lar voqea joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan qishloqdoshi A.S. og‘ir tan jarohati olib, tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 262-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing