Netanyaxu sog‘lig‘i sababli lavozimini tark etdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu muntazam tekshiruv vaqtida aniqlangan umurtqa churrasi bo‘yicha operatsiya qilinishi sababli vaqtincha lavozimini tark etdi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Bosh vazir devoni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Vazirlar Mahkamasi rahbari hushida va o‘zini yaxshi his qilayotgani aytilmoqda. Ayni paytda u reabilitatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Muolaja davomida uning vakolatlari vaqtinchalik Adliya vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari Yariv Levinga o‘tadi. Binyamin Netanyaxuning jarrohlik amaliyoti harbiy Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng 31 mart kuni kechqurunga mo‘ljallangan edi. Operatsiya davomida Netanyaxu to‘liq narkoz ostida bo‘lishi aytilgan.

Shifokorlar siyosatchining operatsiyadan keyin qachon faoliyatini qayta boshlashiga aniqlik kiritmagan. Netanyaxuning o‘zi bir operatsiyadan bir kun avval Vazirlar Mahkamasida qilgan chiqishida tez orada ishga qaytish niyatida ekanini aytgan.

"Bosh vazir Hadassa Eyn-Kerem shifoxonasining tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiradi", deya qo‘shimcha qilgan idora.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda ham Isroil Bosh vazirida yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya o‘tkazishga yurak ritmini kuzatish uchun avval o‘rnatilgan qurilma yurak stimulyatori implantatsiyasi zarurligini bildirganidan keyin qaror qilingan. O‘shanda ham Yariv Levin bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 mart kuni o‘n minglab isroilliklar Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat siyosatiga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

operatsiya Bin'yamin Netan'yaxu Yariv Levin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing