Netanyaxu mahbuslarni almashish uchun sharoitlar mavjudligini aytdi
Olam
−
23 iyul
2682Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishish shartlari shakllana boshladi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan G‘azo sektorida saqlanayotgan mahbuslarning qarindoshlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “HAMASga bosim” tufayli mumkin bo‘lgan. Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
“Ammo ishonchim komilki, biz kelishuv bo‘yicha oldinga siljishimiz va qolgan garovdagilarni ozod qilishimiz mumkin”, deydi u.
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi 116 isroillik asirdan 44 nafari halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi