Netanyaxu Qatar va Xitoyni Isroilni izolyatsiya qilishga urinishda aybladi

Olam

image

Qatar va Xitoy Isroilni izolyatsiya qilishga urinyapti. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Quddusda Bosh hisob konferensiyasida so‘z ochdi.

“Biz bilamizki, turli davlatlar, avvalo, Qatar boshchiligida Isroilni izolyatsiya qilishga urinish bor. Xususan, Qatar va Xitoy tomonidan moliyalashtirilayotgan axborot blokadasi. Ular G‘arbda ham kam bo‘lmagan darajada AQSHda ham faoliyat yuritmoqda”, deydi u.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Qatar va Xitoy “sun’iy intellektga ulkan mablag‘ tikmoqda”, shu orqali ular “an’anaviy OAVdan ham kuchliroq qudratga” ega bo‘lyapti.

“Ammo izolyatsiyaga oddiy ommaviy axborot vositalari ham qo‘shilmoqda. Isroil bunga qarshi kurashadi”, deydi Netanyaxu.

Uning fikricha, izolyatsiya boshqa sohalarga ham kengayishi mumkin. U Isroil mudofaa sanoati blokadaga uchrashi mumkin bo‘lgan vaziyatga duch kelishi xavfini qayd etgan.

“Reuters”ning yozishicha, Isroil izolyatsiyasi G‘azo sektoridagi HAMAS bilan bo‘layotgan to‘qnashuv qurbonlari sonining ortishi va bu hududdagi og‘ir gumanitar inqiroz fonida kuchaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Qatar poytaxti Dohaga zarba bergani haqida xabar berilgan edi. Isroil armiyasi Dohadagi operatsiya maqsadi HAMAS vakillarini yo‘q qilishga qaratilganini bildirdi. HAMAS esa o‘z a’zolaridan besh kishi, jumladan, harakat bosh muzokarachisining o‘g‘li halok bo‘lganini, shuningdek, Qatarning xavfsizlik xizmati xodimi ham o‘lgani haqida xabar berdi.

Rubio esa ushbu voqeadan keyin Qatarga yo‘l oldi. Hozirda ushbu mamlakatda arab-islom sammiti bo‘lib o‘tmoqda. “Reuters” keltirgan rezolyutsiya loyihasiga ko‘ra, ishtirokchilar Isroilning “dushmanona harakatlari” mintaqadagi tinch-totuv hayotga va munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solayotganini bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Qatar Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing