Netanyaxu G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi chiqdi
Olam
−
09 noyabr 2023
6323Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uning mamlakati G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, anklavda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini tasdiqladi. Bu haqda u Yahudiya va Samariya munitsipalitetlari (Iordan daryosining g‘arbiy sohillari) rahbarlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Netanyaxu o‘z nutqini Isroil harbiylarining G‘azo sektoridagi harakatlarini olqishlashdan boshlagan.
"Biz turli yo‘nalishlardan eshitayotgan barcha yolg‘on mish-mishlarni rad etmoqchiman va yana bir narsani aniq aytmoqchimanki, garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, sulh bo‘lmaydi. Qolgan gaplarning hammasi yolg‘on", degan Isroil hukumati rahbari.
Bosh vazir xalqiga yo‘llagan telemurojaatida Isroil bu pozitsiyasini dushmanlariga ham, do‘stlariga ham yetkazayotganini ta’kidlagan.
NBC News telekanalining xabar qilishicha, AQSH va Qatar Isroil bilan G‘azo sektoriga yordam yetkazilishi va garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish uchun uch kungacha gumanitar pauza e’lon qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Aytilishicha, Qatar vositachi bo‘lib, bir necha haftadan beri HAMAS bilan gumanitar pauza e’lon qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
"Axios" portali esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Netanyaxuga insonparvarlik pauzalarini joriy etish mamlakat rahbariyatiga G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish uchun ko‘proq vaqt berishini hamda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga bosimni kamaytirishini aytganini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshidan Blinken bilan uchrashganidan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida ham Netanyaxu Isroil shiddatli hujum uyushtirayotgan G‘azo sektorida HAMAS tomonidan ushlab turilgan mahbuslarni ozod qilmasdan, vaqtinchalik gumanitar sulh tuzish taklifini rad etgandi. Qatar Tashqi ishlar vaziri esa Blinken bilan uchrashuvda Isroilning davom etayotgan bombardimonlari HAMAS garovga olgan kishilarni ozod qilishdagi vositachilik harakatlarini qiyinlashtirayotganini aytgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr