Netanyaxu HAMAS hujumiga tayyor emas edi – Tramp 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS harakatining hujumiga yetarlicha tayyor emas edi. Bu fikrni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bildirdi.

"U tayyor emas edi, Isroil ham tayyor emas edi. Agar Tramp AQSH prezidenti bo‘lganida, ular umuman tayyorgarlik ko‘rishlari shart emas edi", degan siyosatchi. 

AQSHning sobiq rahbari Isroil razvedka xizmatlarining harakatlarini tanqid qilib, minglab odamlar nima bo‘layotganini bilgani, ammo baribir vaziyatning keskinlashishiga to‘sqinlik qila olmaganini aytdi.

Shuningdek, siyosatchi Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galantni ham “ahmoq” deb atagan. 

“Men Bayden ma’muriyatining yuqori martabali xavfsizlik amaldorlari "Hizbulloh" shimoldan zarba bermasligiga umid qilayotganini eshitdim. "Hizbulloh" ahmoq emas. Isroilda esa "Hizbulloh" shimoldan zarba bermasligiga umid bildirgan Mudofaa vaziri bor. Qanday ahmoq bunday gaplarni aytadi”, degan Tramp Florida shtatidagi Palm-Bich shahridagi saylovoldi kampaniyasida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida, agar u AQSH ma’muriyati rahbari bo‘lganida, Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi sodir bo‘lmasligini yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing