Nestle xavfli toksin sabab O‘zbekistondagi bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib oladi

Jamiyat

image

“Nestle Food” O‘zbekistonda cheklangan miqdordagi bolalar ovqatlarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, gap tez eriydigan quruq sut va nordon sutli aralashmalar, shuningdek, shifobaxsh parhez taomlarning aminokislotalari asosidagi quruq aralashmasi haqida ketmoqda. 

“Ushbu mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti ehtiyot chorasi sifatida amalga oshiriladi va tashqi yetkazib beruvchidan xomashyo (araxidon kislotasi) tarkibida sereulid toksini mavjudligi ehtimoliy xavfi aniqlanganligi sababli Nestle tomonidan amalga oshiriladigan bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining muayyan turkumlarini global ixtiyoriy qaytarib olish choralarining bir qismidir”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, qaytarib olishning yana bir sababi tashqi ta’minotchi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi sereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bo‘lgan. Uning organizmga tushishi o‘tkir zaharlanishni keltirib chiqaradi, asosiy belgilari ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘idir.

Mahsulotni qaytarish qarori ehtiyot chorasi sifatida va kompaniyaning qat’iy sifat hamda xavfsizlik protokollariga muvofiq qabul qilingan. 

Belgilangan partiyalardan mahsulotlarni sotib olgan iste’molchilar ularni kompaniyaning ijtimoiy tarmoq sahifalarida (Facebook, Instagram, Telegram) e’lon qilinadigan tartibda qaytarib berishlari mumkin.

Qayta chaqirib olish Nestle tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilgan boshqa partiyalardan olingan mahsulotlarga yoki bolalar ovqatlariga ta’sir qilmaydi.

Qaytarib olinadigan partiyalar ro‘yxati:

  • NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari;
  • NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari;
  • NAN Kislomolochniy (0-12 oy) –51230017A1 partiyasi;
  • NAN Supreme (0-12 oy) – 52790742C1 partiyasi;
  • ALFARÉ Amino –51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1 partiyasi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Nestle Food

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing