Nepomnyashiy Samarqanddagi JCHda Karlsenga yaratilgan imtiyozlardan norozi
Sport
−
27 dekabr 2023
10490Rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy Xalqaro shaxmat federatsiyasiga (FIDE) norvegiyalik Magnus Karlsenga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan tezkor va blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida imtiyozlar berilgani yuzasidan murojaat qildi.
“Hurmatli FIDE va chempionat tashkilotchilari Karlsenga noutbuk yordamida dam olishi va o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishi uchun shaxsiy xona berilishi adolatdanmi? Boshqalarda ham bunday imkoniyat bormi?” deb yozdi Nepomnyashiy o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
Samarqanddagi birinchi kungi bahslardan so‘ng Karlsen peshqadam, rossiyalik grossmeysterlardan Daniil Dubov 8-o‘rinda bormoqda. Nepomnyashiy hozircha 64-pog‘onada qayd etilgan. Rapid musobaqasi 28 dekabrda yakunlanadi, 29-30 dekabr kunlari esa blits bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, Karlsen klassik shaxmat, rapid va blits yo‘nalishlarida amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni Jahon chempionatida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqani g‘alaba bilan boshlagandi.
Rapid yo‘nalishi 1-turida niderlandiyalik Vrolijk Liamga qarshi oq donalarda bahs olib borgan O‘zbekiston vakili raqibidan ustun keldi.
LiveBarchasi