Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi (video)

Olam

image

Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda  “The Kathmandu Post” gazetasi xabar berdi.

Bugun, 15 yanvar kuni “Yeti Airlines” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti Pokxara shahri aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulab tushdi.

“Halokat parvoz paytida yuz bergan. Samolyot bortida 72 kishi bo‘lgan, ulardan 68 nafari yo‘lovchi, yana to‘rt nafari ekipaj a’zosi bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi halok bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Ayni damda samolyot halokati sabablari o‘rganilmoqda. Aeroport hozirda yopib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortdagi janjal va homilador ayolning salomatligi yomonlashgani tufayli Samarqandga shoshilinch qo‘ngani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat samolyot Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing