Nepalda 40 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga qulab tushdi (video)

Olam

image

Nepalda 40 nafar hindistonlik bo‘lgan avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi yaralandi, shuningdek, bedarak yo‘qolganlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “India Today” nashri xabar bermoqda.

Hindistonlik yo‘lovchilar Poxaradagi Majheri kurortida istiqomat qilishgan. Avtobus bugun, 23 avgust kuni ertalab Poxaradan Katmanduga ketayotgan bo‘lgan.

Qurolli politsiya kuchlari Nepal Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv maktabidan politsiya katta boshlig‘i Madxav Paudel boshchiligidagi 45 nafar xodim avariya joyiga yetib borgan va hozirda qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda 65 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan ikkita avtobus ko‘chki oqibatida Nepaldagi Trixuli daryosiga qulagan. Hodisa oqibatida 50 dan ortiq odam, jumladan, yetti hindistonlik halok bo‘lgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eronda pokistonlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nepal hindistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made