Nega Ronaldu sardor bo‘ldi? Rangnik qarorini izohladi
Sport
−
04 yanvar 2022
7248“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Qizil iblislar” sardorligini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga topshirish qarorini izohladi.
“Ronaldu – jamoadagi eng tajribali futbolchi. Agar uning “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan barcha o‘yinlarini hisoblaydigan bo‘lsak, u eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan. To‘g‘risini aytsam, sardorni Ronaldu va De Xea o‘rtasida tanlaganman. Ammo men maydon futbolchisini sardor etib tayinlamoqchi edim, shuning uchun Krishtianuni tanladim”, deydi Rangnik.
Jamoa sardori hozirda jarohat olgan Garri Maguayr hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi o‘yinda “qizil iblislar” “Vulverxempton”ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 21-turdan so‘ng, APLda 19 ta o‘yin o‘tkazgan “Manchester Yunayted” 31 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar