Nega bizda oilaviy ajrimlar ko‘p?

Intervyu

Oila buzilishiga nima sabab bo‘layotgani aniqlandi north_east

Oila buzilishiga nima sabab bo‘layotgani aniqlandi

O‘zbek jamiyati haqida gap ketganda, yevropa bizning oila ana’nalarimizga, qadriyat, o‘zaro hurmat kabi avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, rishtalarni mustahkamlovchi tushunchalarimizga havas bilan qaraydi, deb mag‘rurlanishga o‘rganib qolganmiz. Biroq, an’ana, qadriyat, kesalaru mahalla bo‘lsa ham ajrimlar borasida ortda qolayotganimiz yo‘q. 

2019 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 104 ming 200 ta yangi oila tuzilgan bo‘lsa, ularning 16 mingtasi ajralishgacha yeti borgan. Xo‘sh, nega bizda ajrim ko‘p? Bu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonovaga mikrafon tutdik. 

“Bu globalizatsiyaning eng og‘ir ta’sirlaridan bittasi. Dunyo hamjamiyatining ko‘plab vakillari O‘zbekistonga kelganida, ularning na iqtisodiyotimizga, na qishloq xo‘jaligimizga havasi keladi. Ular e’tirof etadigan va hayratga soladigan bittagina narsa bor. U ham bo‘lsa oila qadriyatlari. O‘zbekning oila qadriyatlari biz uchun juda ham qimmatli degan fikrlarni eshitganman. Sizlarda ota-onaga hurmat, oilani saqlab qolishga intilish kuchli, degan fikrlari haqiqatan ham bizning qadriyatlarimiz kuchli ekanini yana bir bor menga isbotlab berdi. Lekin biz globalizatsiyaning salbiy ta’siriga bo‘sh kelib qolyapmiz. Yevropada ajrimlar 70%gacha yetgan mamlakatlar bor. Koreyadagi hamkasblarimizning aytishicha, u yerda ham ajrimlar 75%ni tashkil etmoqda. Ayollar oiladan ko‘ra kareraga qiziqishi, iloji bo‘lsa farzandlarni kamroq tug‘ishi, masalan, yo bitta farzand, yo umuman farzandsiz o‘tishi buning omillari. Koreyalik hamkasbining aytishicha, ayollarning oiladan ko‘ra ishga mehri ko‘proq. 

Vatanparvarlikning birinchi bosqichi – bu oila. Chunki, Vatan tushunchasi oila bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchu u oilada shakllanishi kerak. 

Fransiyalik ayollar menga aytishgan edi: 60 yoshga to‘lishdan juda qo‘rqamiz. Chunki, 60 ga yaqinlashsak, farzandlarimiz bizni qariyalar uyiga topshirishni kun tartibiga qo‘yib qo‘yadi. Shuning uchun biz oila qadriyatlarimizni tiklashimiz uchun haqiqiy keng ko‘lamdagi ishlarni boshlashimiz kerak. 

Bugun ajralish darajasiga kelgan oilalarda qiz tarafning onasiga “so‘ramaganmidingiz qanday oilaga qiz berayotganingizni”, degan savol bilan murojaat qilsak, “ko‘zim ko‘r ekan, hech kimdan so‘ramabman, kelib o‘g‘lini maqtayverganiga berib yuboraveribman” degan javobni olamiz. Bunday gaplar bizning qadriyatlarimizda yo‘q”, deydi Bositxonova. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bilan intervyuni to‘laligicha QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Elmira Bositxonova

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing