Oila buzilishiga nima sabab bo‘layotgani aniqlandi

Jamiyat

image

Dunyoga kelgan har bir inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu dunyoda baxtli-saodatli yashagisi keladi. Bunday yuksak orzuga yetaklovchi omillardan biri — oila hisoblanadi. Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishta esa nikohdir. Nikoh eng muqaddas bitim hisoblanadi. Hususan, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan oilalarning mustahkamligini ta’minlash, oila a’zolarining huquqiy savodxonliklarini oshirish, muammolarini ilmiy o‘rganish va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berish borasida samarali ishlar olib boriladi.

Quyida sizga markaz tomonidan oilaviy ajrimlarga nima sabab bo‘layotganini e’tiboringizga havola etamiz.

43, 3 foiz ─ er-xotinning oilaviy hayotga tayyor emasligi 

24, 5 foiz ─ moddiy yetishmovchilik 

12, 6 foiz ─ xarakterlarning mos kelmasligi

10, 3 foiz ─ bir-biriga befarqlik 

5, 5 foiz ─ javob berishga qiynalaman

3, 8 foiz ─ giyohvandlik va ichkilikbozlik. 

Yosh oilalarning buzilishiga esa 41 foiz holatlarda xarakterlarning to‘g‘ri kelmasligi,  13 foiz holatda befarzandlik, 15 foizida moddiy qiyinchiliklar, 34 foizida uchinchi shaxs aralashuvi,  25 foizida zararli odatlar sabab bo‘lgan. 

Oila markazi direktor o‘rinbosari Dildora Karimovaning bayon qilishicha, mamlakatdagi real vaziyatda oiladagi farovon hayot ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va bolalarni tarbiyalash, oiladagi qulay psixologik muhit, ta’lim, moddiy ta’minlanganlik, salomatlik holati kabi mezonlarga ko‘ra belgilanadi. 

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning yakuniga qadar 17ta ilmiy-amaliy tadqiqot o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Xususan, xalqaro tajribani o‘rganish asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda oilalarni nochor ahvoldan olib chiqish bo‘yicha "AKT orqali oilalarni mustahkamlash" yangi innovatsion dasturi ishlab chiqilgan. U AKT asoslarini psixologik o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatish tamoyillari bilan uyg‘unlikda o‘rgatishga asoslangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing