Nega Berdimuhamedov Lukashenkoni g‘alaba bilan tabriklamadi?
Olam
−
20 avgust 2020
127932007 yildan buyon Turkmanistonni boshqarib kelayotgan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan Aleksandr Lukashenkoni tabriklamadi. U Markaziy Osiyoda Lukashenkoni qutlamagan yagona rahbar bo‘lmoqda.
Ma’lumki, joriy yilning 9 avgust kuni o‘tgan prezident saylovida mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko oltinchi bor nomzod sifatida ishtirok etib, 80, 1% ovoz bilan g‘alaba qozondi.
10 kundirki, Belarusda ovoz berish natijalariga nisbatan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki kunlarda bu harakatlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib keldi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mingdan ortiq odam hibsga olingan, bir necha o‘nlab huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar jarohat olgan.
Bu orada ko‘plab davlat rahbarlari Lukashenkoni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, maktub yo‘lladilar. Faqat bu ro‘yxatda Turkmaniston rahbari yo‘q. Siyosatshunos Arkadiy Dubnovning fikricha, bunga Turkmaniston va Belarus rahbarlari o‘rtasidagi Garlik kon-boyitish fabrikasi qurilishi bo‘yicha moliyaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston ommaviy axborot vositalari Belarusdagi notinch vaziyat haqida birorta ham xabar bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 avgust kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari onlayn majlis o‘tkazib, unda Belarusdagi o‘tgan saylov natijalarini tan olmaslikka va ularni soxtalashtirishga uringanlarga sanksiya joriy qilishga kelishib oldilar.
LiveBarchasi