Nazarboyevning singlisiga tegishli kollej davlat mulkiga qaytarildi
Olam
−
07 Sentabr 2023 4207 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida mamlakat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning singlisi Anipa Nazarboyevaga tegishli bo‘lgan “Ushkonir” suv xo‘jaligi kolleji davlat mulkiga qaytarildi. Bu haqda “Pyatiy region” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil sentyabrda Olmaota viloyati moliya boshqarmasi egasi Anipa Abishevna Nazarboyeva bo‘lgan “Anipa” yakka tadbirkorligi ustidan sudga da’vo qilgan.
Aniqlanishicha, kollej ushbu korxonaga sotib olish huquqi bilan ishonchli boshqaruvga o‘tkazilgan. Sud da’vogarni qanoatlantirib, shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, sud Anipa Nazarboyevadan 3450 tenge (taxminan 901 ming so‘m) miqdorida davlat boji undirish haqida qaror chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasining ofshor kompaniyalarda ro‘yxatdan o‘tgan Londondagi 40,3 million funt sterlingga teng mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025