Britaniyada Nazarboyevning qizi va kuyoviga tegishli ko‘chmas mulklar fosh etildi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasining ofshor kompaniyalarda ro‘yxatdan o‘tgan Londondagi 40,3 million funt sterlingga teng mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda “Times” gazetasi xabar berdi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan joriy qilingan yangi qoidalarga ko‘ra, mamlakatda mulkka ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalar yakuniy mulkdorni e’lon qilishi kerak.

Bu Buyuk Britaniyadagi hashamatli qasrlarga ega bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni offshor kompaniyalar orqali oshkor qilish maqsadida qilingan. Ilgari bu ma’lumotlar maxfiy hisoblangan. 

Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Britaniya hukumati reyestriga ko‘ra, London shimolidagi 9,3 million funtlik uyga va Chelsida 31 million funtlik ikkita kvartiraga ega. Mulk Panamadagi Tropicana Assets Foundation va Villa Magna Foundation offshor kompaniyalarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, Nazarboyevning kuyovi Timur Quliboyev 2007 yilda Berkshirdagi Sanningxill-parkdagi mulkni shahzoda Endryudan ofshor kompaniyasi orqali 15 million funt sterlingga sotib olgan. 

Bundan tashqari, Quliboyev Gayd-park yaqinidagi 1,5 million funt sterlinglik ko‘chmas mulkka ham ega.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Darig'a Nazarboeva Timur Quliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing