Nazarboyevning singlisi yirik soliq qarzdorlari antireytingiga kirdi
Olam
−
02 fevral 1582 1 daqiqa
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja singlisi Anipa Nazarboyevaga tegishli kompaniya mamlakatdagi eng yirik soliq qarzdorlari antireytingiga kirdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning soliq qarzi 92 milliard tengedan oshgan.
“2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, “GROUP OF THE COMPANIES TDA” MCHJning byudjet oldidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi 92 milliard 307 million 598 ming tengeni tashkil etadi”, deyiladi tahririyatning rasmiy so‘roviga berilgan javobda.
Qo‘mitaning aniqlik kiritilishicha, kompaniya o‘zini bankrot deb e’lon qilish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Mazkur ish bo‘yicha qaror hozirda sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Nursulton Nazarboyevning jiyani Bolat Nazarboyevning o‘g‘li Nurbol Nazarboyevning mol-mulkini tekshirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi