Nazarboyevning qizi va kuyovi Qozog‘istonning eng boy odamlari bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara Kuliboyeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kuliboyev yana eng boy qozog‘istonliklar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

2024 yilda Timur Kuliboyevning boyligi 4,6 milliard dollarga yetdi. Uning turmush o‘rtog‘i Dinara Quliboyevada ham shunday mablag‘ bor. “Forbes” dunyo reytingida er-xotin 627-o‘rinni egallab turibdi. 

Quliboyevlarning asosiy daromadi moliyaviy biznesdan keladi. Oila “ALMEKS” kompaniyasiga egalik qiladi, u mamlakatning eng yirik banki Qozog‘iston “Halyk Bank”ini nazorat qiladi. Bundan tashqari, ularning aktivlarida bir nechta neft konlari mavjud. 

Oxirgi marta Kuliboyev 2018 yilda birinchi o‘rinni egallagan, o‘shanda uning boyligi 3,2 milliard dollarga baholangan edi. 

Ma’lumot uchun, Dinara Kuliboyeva 1967 yilda tug‘ilgan va o‘zini qozoq tadbirkori va jamoat arbobi sifatida taqdim etib keladi. U Nazarboyevning o‘rtancha qizi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Dinara Kuliboeva Timur Kuliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing