Nazarboyevning qizi va kuyovi bir yilda 2 mlrd dollarga boyidi
Olam
−
07 aprel 2022
7871Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi hamda kuyovi Dinara va Timur Kulibayevlar bir yilda boyligini 2 milliard dollarga oshirdi. Bu haqda “Forbes” jurnali ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan.
2022 yilda Kulibayevlarning boyligi 7,6 milliard dollarga yetgan va ular eng boy odamlar ro‘yxatida 778-o‘rinni egallagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli Dinara va 55 yoshli Timur Kulibayev mamlakatdagi eng yirik tijorat banki bo‘lgan “Xalq banki”ni nazorat qiluvchi “Almeks” kompaniyasining yakuniy benefitsiarlari hisoblanadi. Shuningdek, ularda savdo va ko‘ngilochar markazlarga ega bo‘lgan kompaniyalar mavjud.
2021 yilda Kulibayev Olma-ota aeroportini turk xoldingiga sotishni yakunlagan. OAVning yozishicha, bitim qiymati 365 million dollarni tashkil qilgan.
Qozog‘istondagi yanvar voqealaridan keyin Timur Kulibayev “Atameken” tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimidan iste’foga chiqdi. Dinara Kulibayeva omma oldiga kamdan-kam hollarda chiqadi. OAV xabarlariga ko‘ra, u ko‘p vaqtini chet elda o‘tkazadi.
Dinara Kulibayeva Jeneva ko‘li qirg‘og‘idagi ikkita hashamatli mulk, jumladan, Belriv qal’asi egasidir. Shveysariya matbuotiga ko‘ra, Kulibayevaning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan binoni rekonstruksiya qilish rejasi Jeneva kantoni rahbariyatini xavotirga solgan.
Deutsche Welle shu yilning fevral oyida Dinara va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev va unga aloqador kompaniyalar Germaniyada qiymati 100 million yevrolik elita mulki, villa va ikkita mehmonxonaga egalik qilishi haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kulibayevning Yevropa davlatlarida boshqa mulklari ham bor.
LiveBarchasi