Nazarboyevga “Turk dunyosining eng oliy ordeni” topshirildi
Olam
−
15 Oktabr 2019
512914-15 oktyabr kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham ishtirok etdi.
Ma’lumki, Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan “Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi” sifatida e’lon qilindi.
Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining faxriy raisi ekanini anglatuvchi “Turk dunyosining eng oliy ordeni”ni topshirdi.
“Prezident Rajab Toyi Erdo‘g‘anga menga“Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining faxriy raisi" maqomini berish taklifi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Va barcha delegatsiya rahbarlaridan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Mazkur yuksak maqom tashkilotimiz ishida faol ishtirok etishimga imkon beradi”, deydi Nazarboyev o‘z nutqida.
LiveBarchasi