Nazarboyev O‘zbekiston va Tojikiston ishtirokida YeOIIni kuchaytirishni taklif qildi 

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 19 avgust kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan Nur-Sultonda o‘tkazilgan uchrashuvda aytib o‘tgan.  

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolarini ko‘paytirish orqali kuchaytirilishi kerak. O‘zbekiston va Tojikiston. Ular YeOIIda bo‘lishi kerak. Biz turkmanlar bilan ham ishlashimiz kerak, men buni doim aytganman”, degan Nazarboyev. 

Bundan tashqari, muzokaralar chog‘ida Nazarboyev Rossiya Bosh vaziriga harbiy-sanoat majmuasida qo‘shma korxonalar tuzishni, shuningdek, G‘arb sanksiyalari sharoitida Moskva bilan sanoat hamkorligini rivojlantirishni taklif qilgan. 

YeOII – Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy makon negizida tuzilgan va 2015 yil 1 yanvardan faoliyat yuritayotgan xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Hozirda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevroosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi mamlakatga 1 milliard dollardan 1,5 milliard dollargacha infratuzilma sarmoyasini jalb qilishi mumkinligi haqida xabar bergan. Bu, shuningdek Respublikaning YeOII mamlakatlariga eksportiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytilgan. O‘tgan yilda O‘zbekistonning YeOII mamlakatlariga eksporti 3 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyidan boshlab YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan. 

Avvalroq, joriy yil 19-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi va unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatuvchi sifatida qatnashishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston EOOI

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing