Nazarboyev Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Shundan so‘ng Nursulton Nazarboyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing