Nazarboyev Qozog‘iston poytaxti Turkistonga ko‘chirilishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev mamlakat poytaxtini Nur-Sultondan Turkiston shahriga o‘tkazilishi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

“Bu uchun asos yo‘q. Biroq ta’kidlash kerakki, bu shahar (Turkiston) qadim tarixga ega”, degan Nursulton Nazarboyev “Tүrkіstan: kөne men keleshek kөpіrі” hujjatli filmi uchun bergan intervyusida.

Elboshi o‘z vaqtida Xo‘ja Ahmat Yassaviy bu yerga kelib, Islom dinini yoyganini qo‘shimcha qilgan. Bu butun Turk va musulmon olami uchun katta ahamiyatga ega.

“Ular bu joyni hurmat qiladi, uni ko‘rgisi keladi. Shuning uchun, poytaxt (ko‘chirish) haqida fikrlar paydo bo‘ladi”, deb tushuntirgan Nazarboyev.

Birinchi Prezident hozirgi poytaxtni rivojlantirish ishlari davom ettirilishini ma’lum qilgan.

“Biz keyin ham poytaxtimizni rivojlantirishni davom ettiramiz. Avvao unda 200 ming odam yashagan, hozir u 1,2 mln aholisi bor katta shaharga aylandi”, degan Nursulton Nazarboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

487

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing